Bo‘lajak binokorlar kolleji
Qurilish va arxitektura sohasi uchun kichik mutaxassislar tayyorlaydigan Nukus qurilish kasb-hunar kollejida o‘quvchilarning nazariy bilimini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Qurilish va arxitektura sohasi uchun kichik mutaxassislar tayyorlaydigan Nukus qurilish kasb-hunar kollejida o‘quvchilarning nazariy bilimini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.Ta’lim maskanida 570 ga yaqin o‘g‘il-qiz umumqurilish ishlari ustasi, turarjoy va jamoat binolaridan foydalanish va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga oluvchi, bino va inshootlar bo‘yicha texnik-arxitektor, kadastr ishi texnigi, keng assortimentdagi kiyimlar modelyer-konstruktori kabi yo‘nalishlarda saboq olmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan o‘quv ustaxonalari zarur texnik vositalar, dastgohlar bilan ta’minlangan.