BMTda tog‘li hududlar muammosi ko‘tarildi
Qirg‘iz Respublikasi tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Aqil To‘xtaboyev BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi doirasida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq chora-tadbirlar bo‘yicha yuqori darajali yig‘ilishda ishtirok etdi.
“Kabar” axborot agentligi xabar berishicha, yig‘ilishda Parij kelishuvini amalga oshirishni jadallashtirish, xalqaro iqlim hamkorligini mustahkamlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish va rivojlanayotgan mamlakatlar iqlim moliyasi va texnologiyasidan foydalanish imkonini kengaytirish masalalari ko‘tarilgan.
Shuningdek, muz tez erishi, suv resurslari o‘zgarishi va iqlim xavfi kuchayishiga duchor bo‘lgan tog‘li hududlar barqarorligini oshirish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi.
A.Mamatov, O‘zA