BMT bosh kotibi: “Jahondagi bugungi sharoit juda “omonat”
Koronavirus jahonga keyingi yuz yillikdagi eng yirik iqtisodiy tanazzulni keltirdi, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh “Davos kun tartibi” tadbirida so‘zlagan nutqida.
BMT saytida e’lon qilingan mazkur chiqishida Bosh kotib jahondagi bugungi sharoitni juda “omonat” deb atab, pandemiya tufayli 2 milliondan ortiq kishi qurbon bo‘lganini eslatdi.
Diplomatning so‘zlariga qaraganda, pandemiya mamlakatlar o‘rtasidagi farqlanishlarni yanada chuqurlashtirgan va albatta, tabiatga qarshi har qanday harakat javobsiz qolmasligini qayd etib o‘tgan.