Biznesni röyxatga oliş: maʼlumotlar sifati qanday taʼminlanadi?
Mamlakatimizda biznesni röyxatga oliş jarayonida maʼlumotlarning töliqligi, aniqligi va işonçliligini taʼminlaş uçun zamonaviy nazorat mexanizmlari qöllanilmoqda.
Mazkur jarayonda dastlab töldirilayotgan savolnomalar axborot tizimida mantiqiy nazoratdan ötkaziladi. Bunda özaro mos kelmaydigan, töliq kiritilmagan yoki ehtimoliy xatolar mavjud maʼlumotlar avtomatik ravişda aniqlanadi.
Şu bilan birga, savolnoma odatdagidan tezroq töldirilganda yoki maʼlumotlarda xatoliklar sezilganda, tizim röyxatga oluvçiga tegişli ogohlantiriş yuboradi hamda maʼlumotlarni qayta tekşiriş talab etiladi.
Şuningdek, geografik axborot tizimlari (GIS) va geolokatsiya nazorati orqali sörov ötkazilgan joy hamda röyxatga oluvçining belgilangan hududda faoliyat olib borayotgani qatʼiy nazorat qilinadi.
Muhimi, sifat nazorati asosiy röyxatga oliş yakunlanganidan keyin ham davom etadi. Xususan, yuzma-yuz sörov orqali röyxatga olingan iqtisodiy birliklarning 5 foizigaça bölgan qismi tanlanma asosida qayta örganilib, kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tekşiriladi.
Şu tariqa, biznesni röyxatga olişning har bir bosqiçida mantiqiy, texnologik, geolokatsion va tanlanma nazorat mexanizmlarining qöllanilişi taqdim etilayotgan maʼlumotlarning yuqori sifatini kafolatlaydi.
Xalqaro tajriba nima deydi?
Bu borada xalqaro tajribaga eʼtibor qaratadigan bölsak, masalan, AQŞda har beş yilda iqtisodiy röyxatga oliş – Economic Census ötkaziladi. Unda biznesning faoliyat turi, joylaşuvi, xodimlar soni, mehnatga haq tölaş va tuşumlariga oid maʼlumotlar şakllantiriladi.
Eʼtibor beradigan yana bir muhim jihat şundaki, bu maʼlumotlar faqat davlat idoralari uçungina xizmat qilmaydi. AQŞ Röyxatga oliş byurosi maʼlumotiga köra, tadbirkorlar ulardan biznesini qayerda joylaştiriş böyiça töğri qaror qabul qilişda, mahalliy boşqaruv organlari esa hududga yangi bizneslarni jalb etişda foydalanadi. Şuningdek, natijalar yangi bozor imkoniyatlarini aniqlaşga yordam beradi. Bunda korxonalar taqdim etgan individual maʼlumotlar qatʼiy maxfiy saqlanib, faqat statistik maqsadlarda işlatiladi.
Ayrim tadbirkorlar örtasida nima sababdan biznesni röyxatga oliş jarayonlari amalga oşirilayotganini töliq tuşunmayotganlar uçrab turgani sababli xalqaro tajribadan misollar keltirmoqdamiz. Zero, biznesni röyxatga oliş korxonalarni sanaş bilangina çeklanmaydi. Uning natijalari kelgusida tadbirkorlik qarorlari uçun ham muhim axborot manbai böla oladi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA