Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Termiz shahar hokimi O‘. To‘rayev, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B. Toshpo‘latov, shahar sektorlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda bitiruvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, 2023/2024 o‘quv yilida shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini 2 ming 891 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 86 nafari oltin hamda 4 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Uchrashuvda bugungi kun yoshlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritilib, bitiruvchilarga oliy ta’lim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun katta ishonch bildirildi.
[gallery-17999]
Tadbirda maktabni oltin hamda kumush medallar bilan tamomlagan hamda turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA