Bishkekda SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi
1-sentabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni SHHT+ formatidagi uchrashuv ham rejalashtirilgan.
Tuzilmaga a’zo davlatlar rahbarlari, jumladan O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya va Eron Prezidentlari, shuningdek Hindiston va Pokiston Bosh vazirlari Qirg‘iziston poytaxtida to‘planadi.
Ishtirokchilar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, SHHTni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi hamkorlik, raqamlashtirish, atrof-muhit va gumanitar aloqalarni muhokama qiladilar.
Yig‘ilish yakunida SHHT 25 yilligi to‘g‘risidagi Bishkek deklaratsiyasi, shuningdek qator hujjat va bayonotlar qabul qilinadi. Anjuman dasturidan Qirg‘izistonning 2025-2026-yillarda SHHTga raisligi yakuniy tadbiri ham o‘rin olgan.
S.Rahimov, O‘zA