Bishkekda milliy san’atimiz namoyish etildi
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Skeramos — kulolchilik, to‘qimachilik va quroq” mavzuida bo‘lib o‘tgan xalqaro amaliy san’at simpoziumida o‘zbekistonlik hunarmandlar ham ishtirok etdi.
Unda dunyoning 12 ta davlatidan hunarmandlar yig‘ilib, amaliy san’at yo‘nalishlarida tajriba almashdi va ijodiy namoyishlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston nomidan quroq yo‘nalishida Tursunoy Toshpo‘latova qatnashib, milliy san’atimizni xalqaro maydonda namoyish qildi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur simpozium “San’at — chegara yo‘q” shiori ostida xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA