Birjada paxta yog‘i, shakar, sement narxi pasaydi
Joriy yilning 26 iyul – 1 avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 644,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan.
Paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 717,6 ming so‘mdan 15 080,1 ming so‘mgacha, ya’ni 9,8 foizga pasaydi.
Shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 385,5 ming so‘mdan 7 290,6 ming so‘mgacha, ya’ni 1,3 foizga pasaydi.
Sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 519,0 ming so‘mdan 504,6 ming so‘mgacha, ya’ni 2,8 foizga pasaydi.
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA