Bir milliard so‘mga yaqin mablag‘ undirildi
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 18-aprel kungi ijro hujjatiga asosan, qarzdor “Mustafa farm” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi foydasiga 936 million so‘m undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi To‘rtko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi.
Xususan, qarzdor “Mustafa farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati bank hisob raqamlari xatlovga olinib, unga elektron inkasso qo‘yildi. Shuningdek, qarzdorga tegishli bitta ko‘chmas mulk xatlovga olindi.
Shuning natijasida, 936 million so‘mdan ortiq pul mablag‘i to‘liq undirilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri