Bir kunda qancha suv ichish kerak?
Ertalab uyqudan turib iliq suv ichishni odat qilsangiz bu saraton, qandli diabet, artrid, sil va shunga oʻxshash kasalliklarning oldini oladi.
Suvning inson hayotida tutgan oʻrni beqiyos. Lekin uning qancha miqdorda ichilishi hamisha bahs-munozaralarga sabab boʻlib kelgan. Odamlar orasida kuniga 8 stakan suv ichish kerak degan qarash eng mashhuri hisoblanadi. Aslida odamning kuniga qancha suv ichishi koʻpgina omillarga bogʻliq:
Havo namligi;
Tana harorati;
Vazn;
Jismoniy faollik;
Suyuqlik ajratuvchi tizim kasalliklari.
Ertalab uyqudan turib iliq suv ichishni odat qilsangiz bu saraton, qandli diabet, artrid, sil va shunga oʻxshash kasalliklarning oldini oladi. Diyetologlarning fikricha toʻgʻri miqdorda ichilgan suv organizmni zaharli toksinlardan tozalab ozishga yordam beradi. Buni qarangki, suv organizmda moddalar almashinuvini yaxshilagani uchun qarish jarayonini sekinlashtirar ekan. Baʼzida ovqat paytida suv ichish mumkin emas degan gap qulogʻimizga chalinadi. Ammo bu ham xato fikr.
Gastrayentolog Anna Yurkiyevichning taʼkidlashicha, suvni bemalol ovqatlanishdan oldin ham keyin ham ovqat mahali ham ichish mumkin. Maʼlumotlardan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, har kimning kuniga ichadigan suv miqdori har xil boʻladi. Negaki, kimningdir boʻyi baland, kimdir past. Yana kimdir semiz boʻlsa, kimdir ozgʻin. Biz hozir qancha suv ichishimiz kerakligini hisoblab chiqamiz. Buni bilish uchun tana ogʻirligini 30 ga koʻpaytirish kerak.
Masalan, sizning vazningiz 50 kg boʻlsa, 50 ni 30 ga koʻpaytirasiz, 1500 chiqadi. Demak, siz kuniga 1500 ml suv ichishingiz kerak ekan. 1 stakan suv 250 ml boʻlsa, siz kuniga 6 stakan suv ichishingiz kerak ekan.
Bular suv haqidagi biz bilgan va bilmagan haqiqatlar edi.
Nozimjon Mardonov,
OʻzJOKU talabasi