“Bir jamoa, bir orzu” muxlislar guruhini tashkil etiladi
Milliy olimpiya qo‘mitasida Xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan terma jamoa a’zolariga ruhan dalda berish maqsadida ommaviy flesh-moblar tashkil etish, unga taniqli, fidoyi, el suygan soha vakillarini taklif etish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Oldinda Tokio shahrida o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘ladigan Osiyo o‘yinlari, “Parij-2024”, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlari turibdi.
bugungi kun talabi, Prezidentimiz qo‘yayotgan talablardan biri – Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, aholining keng qatlamlarini ommaviy sport turlari bilan qamrab olishdir. Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar Ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, faxriylar kengashi, muxlislar klubi, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda “Bir jamoa, bir orzu” muxlislar guruhini tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.
[gallery-773]
O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN olgan suratlar.