“Bilimlar kuni” ko‘tarinki ruhda nishonlandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 80-umumta’lim maktabida ham yangi o‘quv yiliga chorlovchi qo‘ng‘iroq chalindi.
Tuman hokimi Anvar Tojimirzayev ushbu ta’lim maskanida tashkil etilgan “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etib, ustozlar, o‘quvchilar va ota-onalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda tumanda ta’lim sohasi rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. 2017–2025 yillar davomida 12 ta ta’lim muassasasi tubdan ta’mirlandi, 5 ta yangi maktab qurilib foydalanishga topshirildi. 200 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, maktablarda zamonaviy sharoitlar yaratildi.
[gallery-25128]
Shu bilan birga, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari ham yil sayin ortmoqda. Joriy yilda 1984 nafar bitiruvchining 1055 nafari oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi.
Hotam MAMADALIEV (foto), O‘zA