“Bibtexnika” karvoni tuman va shaharlarga jo‘nadi
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yurtimizdagi umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Bibtexnika karvoni” tadbiri doirasida umumta’lim maktablari kutubxonalariga qator jihozlar taqdim etilmoqda.
Andijon viloyatida “Bibtexnika” karvonini tuman, shaharlarga kuzatishga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablari kitob fondini ko‘paytirish, yangi o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan boyitishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, taqdim etilayotgan jihozlar ham ularning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Jamlanma kitobi, inventar kitobi, kundalik daftari, kitobxon formulyari, “cho‘ntakcha”, alifboli kartochka, qaytaruv varaqasi hamda to‘plam g‘ilofidan iborat “Bibtexnika” jamlanmasi viloyatdagi barcha 765 ta umumta’lim maktabi kutubxonalariga yetkazib beriladi.
[gallery-15569]
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari