Ben Ferhat terma jamoadan chaqiruv oldi, lekin murabbiyga rad javobini berdi
Ko‘plab futbolchilar terma jamoa bilan jahon chempionatiga borishni orzu qilsa, buning aksi ham kuzatilmoqda.
Germaniyaning "Karlsrue" klubi futbolchisi Tunis terma jamoasida o‘ynashni istamadi.
Ko‘plab futbolchilar terma jamoa bilan jahon chempionatiga borishni orzu qilsa, buning aksi ham kuzatilmoqda. Tunis terma jamoasi ustozi Sabri Lyamushi Germaniyaning "Karlsrue" klubida to‘p tepayotgan Ben Farhatni terma jamoaga taklif qildi. Biroq futbolchi rad javobini berdi. Futbolchining otasi Lyamushiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li bunday mas’uliyatli turnirda ishtirok etish uchun o‘zini hali yosh deb hisoblagani uchun terma jamoada o‘ynash taklifini rad etganini aytgan. Murabbiyning qo‘ng‘iroqlariga esa futbolchining o‘zi javob bermagan va Lyamushi buni hurmatsizlik deb hisobladi.
Eslatib o‘tamiz, Tunis terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Niderlandiya, Yaponiya va Shvetsiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.