Belarus Majburiy ijro delegatsiyasi O‘zbekistonda
Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi tomonlarining taklifiga binoan Belarus Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Majburiy ijro Bosh boshqarmasi boshlig‘i S.Yu.Nikel boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Majburiy ijro Bosh boshqarmasi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi o‘rtasida sud hujjatlarini majburiy ijro etish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, huquqiy yordam mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida idoralararo Memorandumni imzolashdan iboratdir.
Tashrif dasturida rasmiy uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishi nazarda tutilgan bo‘lib, ular davomida tomonlar hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbolli rejalarni muhokama qilish, amaliy tajriba almashish, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida, ijro ishlarining yuritilishida raqamlashtirish jarayonlari, sud qarorlari ijrosi samaradorligini oshirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish mexanizmlari bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.
Tashrif doirasida, mehmon delegatsiya a’zolari Majburiy ijro byurosining Monitoring markaziga tashrif buyurishib, yurtimizda majburiy ijro tizimiga joriy etilayotgan zamonaviy raqamli texnologiyalar, shuningdek ijro ishlarini masofadan boshqarish va nazorat qilish mexanizmlari, avtomatlashtirilgan ijro organlari faoliyati va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlari tanishishdi.
Shuningdek, mehmon delegatsiya vakillari Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari va tuman-shahar bo‘limlarida ishlarning tashkil etilishi, ijro hujjatlarini ta’minlash va bu boradagi raqamlashtirish imkoniyatlaridan foydalanish amaliyoti bilan tanishishni reja qilishgan.
O‘zA