“Bek klaster” endi “Bek xolding” deb yuritiladi
Gulistonda “Bek xolding” qo‘shma korxonasi tomonidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi bilan hamkorlikda OAV vakillarining bir guruhini kasb bayramlari bilan qutladi.
Tadbirda viloyatda birinchi bo‘lib klaster yo‘nalishini boshlab bergan “Bek klaster” endilikda “Bek xolding” deb yuritilayotgani, ushbu yirik tadbirkorlik sub’ektining nomi o‘zgarishi barobarida undagi ishlab chiqarish faoliyat turlari, eksport hajmi va geografiyasi ham yanada kengaygani, korxonada ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirilayotgani va yangi ish o‘rinlari yaratilib, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning bandligi ta’minlanayotgani xususida aytib o‘tildi.
Tadbirda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” nomli asari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA