Bayramga kitob sovg‘a qilish yaxshi an’anaga aylanmoqda
Respublika ta’lim markazi xodimlariga yangi yil bayrami sovg‘asi sifatida kitoblar sovg‘a qilindi.
Bu yil «Asaxiy books» kitob do‘konida eng ko‘p sotilgan — bestseller kitoblar to‘plami markaz xodimlari uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi.
Zamonaviy darsliklar ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning poydevorini yaratuvchi tarkibiy qismlardan biridir.
Darslik yaratishda ishtirok etuvchilarning o‘zi esa keng dunyoqarash, to‘g‘ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega, nutqi ravon, odamlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan shaxslar bo‘lishi kerak. Kitoblar esa shaxsda ana shunday ijobiy sifatlarni shakllantiruvchi, o‘z ustida ishlashiga ko‘maklashadigan yaxshi do‘stdir.

Shu bois ham bugun kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xodimlarning o‘z ustida ishlashiga ko‘maklashish maqsadida kitob sovg‘a qilish markaz faoliyatida yaxshi an’anaga aylandi.