Bayram yangi uylarda nishonlanadigan bo‘ldi
Yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan barcha sharoit va imkoniyatlar, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar keyingi paytlarda yaxshi samaralar bermoqda. Bu borada harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar topshirilishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yilligi arafasida yangi uylarga ega bo‘layotgan harbiylarning quvonchi cheksiz. Navoiy shahrida 30 nafar harbiy xizmatchilarga yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadonlar kaliti topshirildi.
[gallery-13340]
Tadbirda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari Farrux Qodirov va boshqalar so‘zga chiqdi.
– Yigirma ikki yildan buyon shu sohada ishlab kelmoqdaman, – deydi Burhon Xidirov. – To‘rt nafar farzandim bor. Shu kunga qadar ijarada yashardik. Mana bugun o‘z uyimizga ega bo‘ldik. Ipoteka krediti asosida xarid qilgan uyimiz umumiy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badali to‘lab berildi. Albatta, bu kabi imkoniyat Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlashlardan biri, deb hisoblayman. Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylarda harbiy xizmatchilarning turmush kechirishi uchun barcha qulayliklar mavjud.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA.