Bayram arafasida urush qatnashchilari yo‘qlandi
Ayni kunlarda Navro‘zi ayyom, qolaversa, muborak ramazon oyi o‘tmoqda. Bu oyda nafaqat obodonchilik ishlari, balki xayr-sahovat tadbirlari va savobli ishlar amalga oshirilmoqda.
Keksalarni ulug‘lash, e’zozlash milliy qadriyatlarimizdan sanaladi. Inson keksaygani sari yanada ko‘proq mehrga, e’tiborga muhtoj bo‘lib boraveradi.



Shu ma’noda keksalarga mehr-oqibat ko‘rsatish hamda yangilanish va yasharish ifodasi bo‘lmish “Navro‘z” umumxalq bayrami ham muborak ramazon oyi munosabati bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari II-jahon urushi qatnashchilari kasbilik 101 yoshni qarshilagan Xayrulla bobo Shermatov, 115 yoshli qamashilik Ro‘ziboy bobo Sattorov va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida uzoq yillar xizmat qilib, hozirda qarilik gashtini surib kelayotgan iste’fodagi polkovnik Ro‘ziqul bobo Holiqov xonadonida bo‘lib, holidan xabar oldi.


Ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Jarayonda, navqiron va yosh avlod vakillari bilan el-yurtining tinchligi, osoyishtaligini qardlashdek samimiy va iliq suhbat qurildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri