Bayden “Amerikada yangi kun” boshlanayotganini ta’kidladi
Donald Tramp Vashingtonni tark etgach, AQSH prezidentligiga saylangan Jo Bayden ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "yangi kun" boshlanganini ma’lum qildi.
"Amerikada yangi kun boshlandi", – deb yozdi u Tramp va uning rafiqasi Melaniya vertolyotda Floridaga uchib ketganidan keyin.
Yana bir necha soat o‘tib, inauguratsiya marosimi boshlanadi va Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlarining qonuniy prezidentiga aylanadi. Tramp ushbu marosimda ishtirok etishdan bosh tortdi.
O‘zA