Baxmalda bolalar ekofestivali (+video)
Jizzax viloyatining tog‘li Baxmal tumanida “Green games” – “Yashil o‘yinlar” bolalar ekologik festivali tashkil etildi.
Tadbir Ekologiya, atrof muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligining ommaviy tadbirlarni tashkil etish va ekofaollar bilan ishlash bo‘limi hamda Jizzax viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etildi.
Ekologik o‘yinlar festivali maktabning asosan 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilishi belgilangan bo‘lsada, yuqori sinf o‘quvchilari ham ko‘ngilli ravishda konkursdan tashqari ushbu festivalda ishtirok etish istagini bildirishdi.
O‘quvchilar “Mevalarni tanib ol”, “Ziravorlarning ta’mi” nomli viktorinalar, shaxmat-shashka, sport-sog‘lomlashtirish o‘yinlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KF-y1qkCG7Y" title="Baxmalda bolalar ekofestivali" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (video,surat), O‘zA muxbirlari