“Barselona” va “Arsenal” navbatdagi g'alabalarni qo'lga kiritdi
Navbardagi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Kecha Yevropaning top chempionatlarida “Barselona” va “Arsenal” navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazdi. Kataloniyaliklar yirik hisobda zafar quchgan bo‘lsa, “kanonirlar” safarda minimal hisobdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Barselona” — “Rayo Valyekano” 5:2
La Liganing 3-turida “Barselona” o‘z maydonida “Rayo Valyekano”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Kataloniyaliklar hujumda juda samarali harakat qildi. Lamin Yamal va Rafinya ikkitadan gol urdi va jamoasining yirik g‘alabasida asosiy rolni o‘ynadi.
Shu tariqa, “Barselona” yangi mavsumdagi g‘alabali yurishini davom ettirib, dastlabki uchta uchrashuvdan maksimal natija qayd etdi.
“Aston Villa” — “Arsenal” 0:1
Angliya Premer-ligasida esa “Arsenal” Birmingemda “Aston Villa” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv taqdirini Bukayo Sakaning 59-daqiqada urgan yagona goli hal qildi. Eberechi Eze hujumni boshlab berdi, Rikkardo Kalafiori jarima maydoniga yorib kirib to‘pni uzatdi va Saka yaqin masofadan imkoniyatni golga aylantirdi.
“Aston Villa” birinchi bo‘limda hisobni ochishga yaqin kelgan — Emiliano Buendianing zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Biroq mezbonlar butun uchrashuv davomida darvoza sohasiga aniq zarba bera olmadi. “Arsenal” esa hisobdagi ustunligini saqlab, mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.