«Barselona» besh futbolchini transferga qo‘yishi mumkin
Ushbu futbolchilarga haridorlar ham tayyor.
«Barselona» transfer oynasi yopilguniga qadar besh nafar futbolchisini qo‘yib yuborishi mumkin. Bu haqda jurnalist Xose Alvares ma’lum qildi.
Gap Frenki de Yong, Mark Kasado, Ektor Fort, Alexandro Balde va Jyul Kunde haqida ketmoqda. Ularning barchasiga boshqa klublardan qiziqish mavjud.
De Yongga so‘nggi vaqtlarda «Manchester Siti» qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Kasadoning kelajagi Saudiya Arabistoni bilan bog‘lanmoqda. Ektor Fortga «Real Sosyedad» va Dortmundning «Borussiya»si da’vogarlik qilmoqda.
Balde uchun «Manchester Yunayted» qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, Kunde ham Angliya Premer-ligasi klublari radarida turibdi.
«Barselona» La Liga yangi mavsumini «Elche» ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan boshladi.