Barqaror turizm mezonlariga oid veb-seminar
Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "Markaziy Osiyoda barqaror turizm modeli: salohiyatni oshirish, xabardorlikni oshirish, texnologiyalarni amalga oshirish" loyihasi mamlakatimizning yuqori turistik salohiyatga ega bo‘lgan Buxoro, Samarqand, Xorazm va Toshkent shaharlarida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning ta’lim faoliyati geografik punktining navbatdagi nuqtasi Buxoro shahri bo‘ldi.
[gallery-852]
Ta’lim tadbirlari doirasida o‘tkazilayotgan veb-seminarda ishtirokchilar GSTC barqaror turizm mezonlari bo‘yicha o‘qitilmoqda. Evropa Ittifoqi mamlakatlarining vakolatli mutaxassislari va ekspertlardan tashkil topgan professor-o‘qituvchilar onlayn mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali ekologik sertifikatlash masalalari va "yashil" texnologiyalarni joriy etish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida trening ishtirokchilarining xabardorligini oshirmoqda.
Seminar yakunida soha mutaxassislari sayyohlik korxonalarida atrof-muhitni boshqarish mavzularida qo‘shimcha bilimlarga ega ham bo‘ladi. Bu esa, O‘zbekiston Respublikasida mehmonxonalar biznesida "barqaror turizm" darajasi va "yashil texnologiyalar"ni tatbiq etish darajasi muttasil o‘sib borishini anglatadi.
Tohir Istatov (surat), O‘zA