Bank xodimlari futbolda bahslashdi
Nukusda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan bank xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqa natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rinni Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasi, ikkinchi o‘rinni aksiyadorlik tijorat “Hamkorbank”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali, uchinchi o‘rinni aksiyadorlik tijorat “Kapitalbank”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali jamoalari egalladi.
Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi to‘purar” va “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA