Bank xodimlari “aql jangi”da kurashdi
Yurtimizda mehnat jamoalarida, tashkilotlarda xizmat qilayotgan xodimlarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, ularga yetarli shart-sharoitlar yaratish, salomatliklarini mustahkamlashda joylardagi kasaba uyushmalari tashkilotlarining munosib ulushi bor.
O‘zbekiston milliy bank tizimidagi kasaba uyushmasi tashabbusi bilan poytaxtimizda bank xodimlari o‘rtasida Kasaba uyushmalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan shaxmat turniri soha xodimlarining madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qildi.
Turnirda 50 nafar bank sohasi xodimlari ishtirok etib, 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini munosib nishonlashdi.
[gallery-9529]
Shiddatli kechgan “aql jang”larida 1-o‘rin Milliy bankning Korporativ aloqalar va investitsiyalar departamenti menejeri Alijon Bahromovga nasib etdi. 2-o‘rindan G‘aznachilik Departamenti direktori Xurshid Zaynutdinov, 3-o‘ridan esa Kredit qarzdorliklarini undirish departamenti Balansga olingan mulklarni sotish bo‘limi boshlig‘i Abbosxon Kamalxodjayev joy oldi.
Shuningdek, musobaqalar davomida Milliy bankning Bekzod Ziyayev, Zebiniso Azimova, Dilshod Qurbonov va Saidahror Ermatov kabi xodimlariga turnirdagi kuchli yettitalikka kirish nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar, musobaqada faollik ko‘rsatganlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
O‘zA