Bandixonlik yoshlar zukko kitobxon deb topildi
FOTOREPORTAJ
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘sib kelayotgan avlodning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini, mutolaa madaniyatini oshirish orqali ularning bilim va tafakkurini boyitish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan “Zukko kitobxon” tanlovi tobora keng qamrov kasb etib bormoqda.
[gallery-18935]
Termiz shahridagi Yoshlar markazida mazkur tanlovning viloyat bosqichi qizg‘in bahslar, qiziqarli savol-javoblar asosida o‘tdi. Ishtirokchilarning milliy va jahon adabiyoti durdonalaridan qay darajada boxabarligi, badiiy saviyasi hamda estetik didi adolatli tarzda baholab borildi. Yakuniy natijaga ko‘ra, Bandixon tumani yoshlari 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlar Sariosiyo tumani va Termiz shahri jamoalariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar tegishli pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA