Badiiy asar tilidagi tarixiy so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlari ("Humoyun va Akbar" tarixiy romani misolida)
Ulugbek SANAKULOV dotsent v.b. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Urgut, O‘zbekiston Umida Normurod qizi OQMIRZAYEVA talaba Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Urgut, O‘zbekiston e-mail: oqmirzayevaumida@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada Pirimqul Qodirovning “Humoyun va Akbar” tarixiy romanida qo‘llangan o‘zbek tili leksikasining tarixiy qatlamiga tegishli so‘zlar tahlil qilinadi. Xususan, ularning shakllanishi, badiiy asar to‘qimasidagi funksional-semantik hamda uslubiy xususiyatlari, o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi, bugungi o‘zbek tili leksik qatlamining birliklari ekanlgi to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.
Tayanch so‘zlar: istorizmlar, arxaizmlar, leksik, lug‘atchilik masalalari.