Ayubxon Nabiyev jahon chempionati sovrindori
Poytaxtimiz mezbonligida o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha XV yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi kumush medal qo‘shildi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, yigitlar o‘rtasida -68 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ayubxon Nabiyev musobaqani yuqori saviyada o‘tkazib, finalga qadar barcha janglarda zafar quchdi. Taekvodochimiz hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik raqibi Ismail Ismailovga qarshi jangda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronzaga yetgan. Musobaqa davom etmoqda.
[gallery-28796]
Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA