Ayrim xodimlarga bepul mahsulotlar beriladi
Yuridik klinika
– Savol: qanday toifadagi xodimlarga ayrim mahsulot va vositalar bepul beriladi?
– Javob: ish beruvchi hisobidan ayrim toifadagi xodimlarga maxsus kiyim, poyabzal va yakka himoya vositalari bepul beriladi.
Jumladan, go‘sht va sutni qayta ishlab chiqarish, qishloq va suv xo‘jaligi, tibbiyot, baliqchilik korxonalari, kommunal sohasi xodimlari, oziq-ovqat va elektr ishlab chiqaruvchilar ushbu turdagi imtiyozga ega.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi
(Ushbu material TDYUUning "Yuridik klinika"si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi).
Gulnoza Boboyeva, O‘zA