Ayollar futboli: Shvetsiya va Kanada finalda
Tokio-2020
Tokio-2020 Olimpiadasining futbol bahslari nihoyasiga yetib bormoqda. Musobaqaning «kulminatsion nuqtasi»da kimlar o‘zaro duch kelishi ma’lum bo‘ldi.
Yarim finalda kanadaliklar AQSH terma jamoasi vakillarini 1:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘llanma olishdi. Ikkinchi juftlikda esa shvetsiyaliklar kengurular yurti qizlarini xuddi shunday hisobda yengishning uddasidan chiqishdi va finalning ikkinchi ishtirokchisiga aylanishdi. Avstraliya va AQSH termalari endi bronza medali uchun o‘zaro kurashadi.
Yarim final. 2 avgust.
AQSH – Kanada – 0:1
Avstraliya – Shvetsiya – 0:1
3-o‘rin uchun. 5 avgust.
Avstraliya – AQSH
Final. 6 avgust.
Shvetsiya - Kanada
Oybek YUNUSOV, O‘zA