Ayollar futboli: O‘zbekiston-Ozarbayjon 7:0
FOTOREPORTAJ
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maydonida 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida O‘zbekiston va Ozarbayjon terma jamoalarining nazorat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Viktoriya Sirota boshchiligidagi qizlar terma jamoasining yakdil harakati tufayli raqib darvozasiga javobsiz yettita gol kiritildi: O‘zbekiston-Ozarbayjon 7:0. Jamoamizning gollariga Zarina Norboyeva (3ʼ, 6ʼ), Laziza Jumaboyeva (18ʼ, 23ʼ, 70ʼ) Asalxon Aminjonova (29ʼ) va Nargiza Mamataliyeva (90+2ʼ)lar mualliflik qildi.
[gallery-19857]
Ozarbayjon jamoasi bilan navbatdagi uchrashuv 23 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA