Avtomashinada doyalik qilgan shifokor taqdirlandi
Tug‘uruq jarayoni kutilmaganda boshlangan homilador ayolga avtomashinada doyalik qilgan poliklinika mudirasi Hilola Jamilova Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdirlandi.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, shifokorga vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova tomonidan Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayevning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.


O‘z navbatida, favqulodda vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmay, kasb burchini sidqidildan bajarishda jonbozlik ko‘rsatayotgan sog‘liqni saqlash tizimining bunday fidoyi xodimlari milliy tibbiyotimizning yangi imijini yaratishda muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.
O‘zA