Avstriyada poyezdlar to‘qnashib ketdi
Bugun tongda Avstriyaning Zalsburg shahri vokzalida ikki poyezd to‘qnashib ketdi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra favqulodda hodisada jabrlanganlar 35-40 kishi atrofida. Ularning ko‘pchiligi yengil jarohat olgan.
Bugun tongda Avstriyaning Zalsburg shahri vokzalida ikki poyezd to‘qnashib ketdi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra favqulodda hodisada jabrlanganlar 35-40 kishi atrofida. Ularning ko‘pchiligi yengil jarohat olgan.Avstriya ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga asoslanib, bu haqda TASS yozadi.
Ma’lum bo‘lishicha, vokzalda manyovrli lokomotiv vagonlarni Syurix - Vena yo‘nalishli poyezdga ulayotganda to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Favqulodda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Vokzalda poyezdlar harakati to‘xtatilgani yo‘q.