Atrof-muhit musaffoligiga barchamiz mas’ulmiz
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida "Bajaramiz" Butunjahon tozalik kuni doirasida tadbir o‘tkazildi.
"Bajaramiz!" Butunjahon tozalik kuni aksiyasi atrof-muhitni chiqindilardan tozalash va barqaror tozalikni saqlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
–Ekologik aksiyaga 450 dan ortiq ishchi qatnashdi, – deydi Buxoro NQIZ matbuot xizmati rahbari Iroda Fatkulina. – Ta’kidlash joizki, zavodning yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari va barcha ishchi-xodimlar Butunjahon tozalik kuni ixtiyoriy loyihasida faol qatnashdi. Bu tadbirda ishtirokchilar uchun yoqimli tuhfalar tayyorlandi. Pishiriqlar bilan issiq choy va ekoaksiya logotipi tushirilgan esdalik kepkalari tarqatildi.

Bunday ekologik aksiyalarni "O‘zbekneftgaz" AJda o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanmoqda. Kelgusida Buxoro NQIZ bir nechta ekologik aksiyalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.



Zarif Komilov, O‘zA