“Atirgul” tanlovi qayta tiklandi
Diqqat, tanlov!
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mamlakatimizda jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishiga ko‘maklashish, erishgan yutuqlarini e’tirof etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida an’anaviy o‘tkazib kelingan “Atirgul” tanlovi qayta tashkil etilganini e’lon qiladi.
Tanlovda jurnalistlar va axborot xizmati xodimalari 2021 yilning 1 martidan 2022 yilning 1 martigacha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan (televideniye, radio orqali efirga uzatilgan, bosma va internet nashrlarida chop etilgan kamida 5 ta) materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov sakkiz yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
Batafsil ma’lumot ushbu havolada.
Ijodiy ishlar “Atirgul” tanloviga deb quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100129, Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi 30-uy, 3-qavat 35- va 37- xonalar. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.
Tel.: 71- 244-64-61, 71-244-37-87, 244-69-65