Ashraf Hakimi: Bizning qit’ada Marokashni "Afrika braziliyaliklari" deb atashadi
Jahon chempionatida boshqacha o‘yin ko‘rsatmoqchimiz.
Marokash terma jamoasi yetakchisi Ashraf Hakimi Braziliyaga qarshi o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bizning qit’ada Marokashni "Afrika braziliyaliklari" deb atashadi. Bizga qanday raqib qarshi chiqishini juda yaxshi tushunib turibmiz. Ammo bizda kuchli va ahil jamoa bor. Muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan biz ko‘p narsalarga erishamiz. Jahon chempionatida boshqacha o‘yin ko‘rsatmoqchimiz", - dedi Hakimi.
Marokash terma jamoasi jahon chempionatining ilk turida Braziliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv bugun tunda soat 03:00da start oladi.