Armanistonda parlament saylovi davom etyapti
Bugun Armanistonda to‘qqizinchi chaqiriq parlamentiga saylov bo‘lib o‘tyapti. “AzerTAJ” xabariga ko‘ra, fuqarolar Yerevan vaqti bilan soat 20:00 gacha ovoz berish huquqidan foydalanishi mumkin. Mamlakat tashqarisida jarayon tashkil qilinmagan.
Soat 12:00 dan boshlab Markaziy saylov komissiyasi (MSK) har uch soatda saylovchilar ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotni e’lon qilib turibdi. Soat 23:00 atrofida eng kichik va chekka qishloqlardagi umumiy manzarani aks ettirmaydigan hududlar natijasi e’lon qilinadi. Ertaga 2:00 3:00 oralig‘ida saylovchilarining uchdan biri istiqomat qiladigan poytaxt Yerevan va bir necha yirik shahardan ma’lumot kela boshlaydi. Elektron ovozlarni hisoblash 8-iyun kuni ertalab soat 8:00 da yakunlanadi.
Armaniston parlamenti proporsional tizim yordamida, ya’ni faqat partiya ro‘yxati bo‘yicha shakllantiriladi. O‘rin uchun o‘n sakkiz siyosiy kuch kurash olib boryapti: 16 ta partiya va ikki blok. Partiyalar uchun chegara 4 foiz, bloklar uchun esa 8 foiz etib belgilangan. Natijani hisoblashda yaroqsiz va qasddan buzilgan byulletenlar tashlab yuboriladi. Partiyalar tomonidan to‘plangan ovoz foizi faqat amaldagi varaqalar jami soniga qarab hisoblanadi.
G.Sattorova, O‘zA