Armanistonda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishi mumkin
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zoligini to‘xtatib qo‘yishning mumkin bo‘lgan oqibatlari haqidagi hisobotga izoh berdi.
- Ushbu ma’lumotlarga kelsak, nima bo‘lishini ko‘ramiz, -dedi u. - Bizning asosiy ustuvor vazifamiz - Armanistonning doimiy rivojlanishi va suverenitetini himoya qilishdir, biz shu yo‘ldan borishda davom etamiz.
Pashinyan shuningdek, Yerevanning YeOII bilan hozirgi munosabatlarini qoniqarsiz deb ta’rifladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelajakda buning ustida ishlashadi. Bundan tashqari, bosh vazir yangi konstitutsiyani qabul qilish uchun muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini istisno qilmadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, konstitutsiya loyihasi tez orada parlamentga yuboriladi.
S.Rahimov, O‘zA