Armaniston prezidentiga qarshi jinoiy ish ochildi
Armaniston bosh prokuraturasi mamlakat prezidenti Armen Sarkisyanga jinoiy ish ochdi. U bir vaqtning o‘zida ikki mamlakat fuqarosi bo‘lganini yashirganlikda ayblanmoqda, deb bayonot berdi respublika advokatlar palatasi vakili Ara Zograbyan.
Xabarda aytilishicha, bundan avval 53 nafar advokat bosh prokuraturaga ariza topshirgan edi. Arizada 2003-2012 yillarda Sarkisyanda kamida o‘n yil Britaniya fuqoraligi bo‘lgani aytiladi, 2018 yil 2 martda u Armaniston prezidenti bo‘ldi. Qonun bo‘yicha oxirgi olti yil faqat Armaniston fuqarosi bo‘lishi lozim. Zograbyanning fikricha, Sarkisyanni agar Britaniya fuqaroligi 2012 yil 1 martda tomom bo‘lganda prezident qilib saylash mumkin edi.
Endi unga «hujjatlar, muhrlar, blankalar va transport vositalari raqamini qalbakilashtirish yoki sotish» aybi qo‘yiladi, deb yozadi Zograbyan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uning ta’kidlashicha, Sarkisyan Britaniya fuqaroligidan 2011 yilda emas keyinroq voz kechgan.
Armen Sarkisyan uch marta Armanistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi vazifasida ishlagan.