“Ardus” – O‘zbekiston kubogi sohibi
“O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda “Ardus” (Toshkent) va “Olmaliq” (Olmaliq) jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
“O‘zbekiston” sport majmuasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi o‘tkazildi. Unda “Ardus” (Toshkent) va “Olmaliq” (Olmaliq) jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.Musobaqaning yarim finalida “Ardus” mamlakat kubogining amaldagi sohibi – Chirchiqning “Maksam-Chirchiq” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. “Olmaliq” esa “Nasaf” (Qarshi) jamoasi ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozongan.
Hal qiluvchi bahs kutilganidek murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida “Ardus” vakili Alan Aminov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Davron Abdurahmonov “Olmaliq” jamoasi darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi. 39-daqiqada Davron Choriyev tomonidan kiritilgan gol esa poytaxtliklarga g‘alaba keltirdi. “Olmaliq” jamoasining javob to‘plariga Jamoliddin Sharipov va Konstantin Sviridov mualliflik qildi.
Uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan “Ardus” jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.