AQSHda qurol nazoratini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda
AQSH prezidenti Jo Bayden televideniye orqali murojaat qilib, Kongressni hujum qurollarini taqiqlashga, to‘pponcha, qurollar va miltiq sotib oluvchilarining biografik ma’lumotlarini tekshirish tizimini kengaytirishga, shuningdek, mamlakatda so‘nggi oyda ro‘y bergan qator ommaviy otishmalar bilan bog‘liq holatlarga nisbatan oqilona choralarni ko‘rishga chaqirdi, deb yozadi “Amerika ovozi”.
Qonun chiqaruvchilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimlariga ruhiy kasallardan qurolini olib qo‘yishga ruxsat beradigan “qizil bayroqlar”ni joriy qilishni ko‘rib chiqilmoqda. Biroq, deyarli barcha yangi choralar respublikachilar tomonidan asosan Senatda jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda, hujum qurollarini taqiqlash tashabbuslari esa yetarli darajada kuchga ega emas.
Gun Violence Archive notijorat tadqiqot guruhi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda AQSHda o‘qotar qurolni qo‘llagan holda kuch ishlatish, jumladan, qotillik va suiqasdlar natijasida 18 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.
“Amerika ovozi” materiallari asosida Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA