AQŞda oraliq saylov: mamlakat larzaga tayyormi?
3-noyabrga belgilangan Amerika Qöşma Ştatlari Vakillar palatasiga saylov Prezident Donald Trampning ikkinçi muddati davomida bölib ötadigan oraliq saylovning bir qismidir. Saylovçilar 50 ştatning har biridagi barça 435 Kongress okruglaridan vakil, şuningdek Kolumbiya okrugi va orol hududlaridan ovoz beriş huquqiga ega bölmagan 6 delegatdan 5 nafarini saylaydilar.
Har bir ştat uçun örin soni 2020-yilgi aholini röyxatga oliş va 2025-2026-yillardagi qayta okruglaştiriş natijasiga asoslangan. Saylov ğoliblaridan 120-Qöşma Ştatlar Kongressi taşkil qilinadi.
Öşa kuni Senatni ham öz içiga olgan boşqa köplab federal, ştat va mahalliy saylovlar ham bölib ötadi.
Amerika jamoatçiligi, OAV va siyosiy doiralar mamlakat çuqur siyosiy özgarişlar ostonasida turganini taʼkidlamoqda. Aksar amerikaliklar bu gal ğalaba demokratlarga nasib qilişini başorat qilyapti. Bu Tramp uçun sinovli davr boşlanişidan darak. Zero, respublikaçilar kongressda ozçilik yiğilsa, mamlakat içida ham, xalqaro maydonda ham amaldagi yetakçi taşabbuslari oqsay boşlaydi.
Istalmagan natijaning oldini olsa böladimi? Mağlubiyatdan qutuliş yöli bormi? Ayni payt siyosiy kuzatuvçilar orasida yangrayotgan asosiy ikki savol şu. Tramp tabiatidagi çapanilik, tavakkalçilik, “bu yoği bir gap bölar” qabilida iş yuritiş odati inobatga olinsa, saylovdan keyin ovoz beruvçilarni köpgina kutilgan va kutilmagan “sovğalar” qarşi olişiga şubha qilmasa böladi. Yaʼni, davlat rahbari respublikaçilar mağlubiyatiga könarmikan? Ovoz beriş natijasini tan olmay, turli “harakatlar” amalga oşirmasmikan?

Köpçilik agar respublikaçilar Kongressdagi nazoratni yöqotsa, Tramp saylov natijasini qabul qilmasligiga amin. Axir u hozirdanoq demokratlar ğalabani allaqaçon öğirlaşga urinayotganini daʼvo qila boşladi-da!
Masalan, sörov ötkazuvçi taşkilotlar yolğonçilikda, baʼzi ştatlardagi demokrat amaldorlar saylovçilarni röyxatga oliş raqamini oşirib yuborişda ayblanyapti. Taʼkidlanişiça, bir neça million soxta byulleten ham bölişi mumkin. Darvoqe, Prezident ötgan saylovda firibgarlik haqida xabar bergan har bir kişiga 1 million dollar tölaşga tayyorligini aytgan edi. Bu gal ham öşa vaʼda qaytarilgan.
Yaqinda Tramp demokratlar ovoz oliş uçun noqonuniy muhojirlardan ham foydalanişi mumkin, deya bayonot berdi. Demak, biror ştatda migrant soxta ovoz bergani foş qilinsa, heç kim hayratga tuşmasa kerak. Qolaversa, MAGA jamoatçilik fikri yetakçilari ham qöl qovuştirib turgani yöq: ijtimoiy tarmoq orqali demokratlar faqat yirik firibgarlik yordamida ğalaba qozonişi mumkinligi haqida muntazam xabar tarqatyapti.
“The Washington Post” Tramp şu tariqa amerikaliklarni saylov jarayoni buzilişiga tayyorlayotganini istisno qilmagan. Yaʼni, gazeta talqiniga köra, “u qiçiydigan joyini hozirdanoq qaşiy boşladi”.

“The Post” naşri, “ABC News” telekanali va “Ipsos” kompaniyasi tomonidan oktabr oyida ötkazilgan sörov natijasiga köra, amerikaliklarning atigi 28 foizi respublikaçilar yutqazsa, Prezident saylov natijasini qabul qilişiga işonadi.
– Qiziqiş asosan Senat saylovi atrofida keçadi, – deydi tahlilçilar. – Demokratlar va respublikaçilar bir-biridan atigi bir yoki ikki köp örin qölga kiritişi mumkin. Şuning uçun Tramp firibgarlik haqida gapirganda, ehtimol, Senatni nişonga olayotgan bölsa kerak.
Yana bir masala bor: Trampda variant köp emasligiga urğu berilyapti. Masalan, hatto respublikaçilarning özlari ham Prezident saylov jarayoniga kuç bilan aralaşişga urinişini maʼqullamaydi.
Maʼlumki, u 2020-yil prezidentlik saylovida mağlubiyatini tan olişdan boş tortgaç, tarafdorlari Kapitoliy binosini egallaşga urindi. Tartibsizlik natijasida beş kişi halok böldi, yuzlab odam jarohat oldi. Ayonki, endi bu usul ötmaydi.
“Respublikaçilarning obrösi nega tuşib ketyapti?” savoliga ham javob qidirilmoqda. Ularning past reytingiga asosiy sabab Tramp obrösi pasayişidir. Turli sörovlar oktabr oyi oxirida Prezidentga işonadigan saylovçi soni 31-32 foizga tuşib ketganini isbotlamoqda.
Tabiiyki, yetakçi qöl qovuştirib turgani yöq, öz partiyasiga yordam berişga harakat qilyapti. Xususan, Oq uy xöjayini agar partiyadoşlari Vakillar palatasi va Senatda köpçilikni qölga kiritsa, har ikki holat uçun har bir voyaga yetgan Amerika fuqarosiga 5000 dollar miqdorida dividend tölaşga vaʼda bergan.
Agar tanqidçilar “saylovçilarni sotib oliş” deya atayotgan oddiy amerikaliklarga körsatilajak bu moliyaviy yordam vaʼdasi naf keltirmasa, şunçaki natija şubha ostiga olinişi ham istisno qilinmagan.

Xöş, demokratlar Kongress ustidan nazoratni qölga kiritsa nima böladi?
Bu borada turli fikrlar oldinga surilmoqda. Masalan, “Trampga qarşi tergov, şuningdek taşabbuslarini bekor qiliş harakati boşlanişi mumkin” deydi Nyu-York ştatidagi Nazaret universiteti tarix, siyosatşunoslik va huquq professori Timoti Niland.
– Agar Kongressda ustunlikka ega bölsa, demokratlar Prezidentga qarşi tergov boşlaydi va Pentagon rahbari Pit Xegsetga nisbatan impiçment eʼlon qiladi, – degan u “RIA Novosti” agentligi muxbiriga.
Axir, Xegset Yaqin Şarq mojarosi va Eron bilan qarama-qarşilikni oxiriga yetkaza olmadi-da!
Şuningdek, demokrat qonun çiqaruvçilar hozirgi yetakçining talay siyosiy taşabbuslarini bekor qilişi mumkinligi ham aytilyapti.
Trampning özi agar demokratlar saylovda ğalaba qozonsa, AQŞni zulmat asri kutayotgani, demokratlar impiçmentga urinişini taʼkidlagan.
Xullas, mazkur saylov mamlakat taqdiri, Tramp nufuzi hamda xalqaro vaziyatga bevosita va bilvosita taʼsir qilişi şubhasiz. Amerika xalqi Prezident siyosatidan qay darajada rozi yoki norizoligi esa 3-noyabrdan keyin ayonlaşadi.
Saidmurod Rahimov,
ÖzA şarhlovçisi