AQSh terma jamoasi ustozi Mourisio Pochettino klublar futboliga qaytishi mumkin
"Rossonerilar" Massimiliano Allegri bilan xayrlashganidan so‘ng yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgan.
AQSh milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mourisio Pochettino ish o‘rnini almashtirishni rejalashtirmoqda.
Taniqli jurnalist va insayder Nikola Skiraning ma’lum qilishicha, argentinalik mutaxassis Italiya A Seriyasida ish boshlashi mumkin. Unga "Milan"da ishlash taklifi berilgan. "Rossonerilar" Massimiliano Allegri bilan xayrlashganidan so‘ng yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgan. Italyan klubi uchun Pochettino varianti qanchalik qiziq ekani esa hozircha noma’lum. "Milan" A Seriyaning so‘nggi turidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan edi. Mutaxassis 2024-yilning sentabr oyidan beri AQSh terma jamoasida ishlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pochettino shu vaqtga qadar, "Espanyol", "Sautgempton", "Tottenxem", PSJ va "Chelsi" klublarini boshqargan.