AQSH Prezidenti Yaponiyada (+video)
Donald Tramp Osiyo bo‘ylab sayohatining ikki kunini Yaponiyada o‘tkazadi. Kun chiqar mamlakatga tashrif Amerika rahbarining Osiyo bo‘ylab haftalik safari ro‘yxatidagi ikkinchi manzil. Tokioga yetib kelishi bilanoq Tramp Imperator Naruxito qabulxonasiga yo‘l oldi.
Ular ilk bor 2019 yil uchrashgan.
Evronews yozishicha, keyingi muhim tadbir yangi Bosh vazir Sanae Takaiti bilan uchrashuv hisoblanadi. Tramp Yaponiya hukumati tarixidagi ilk ayol yetakchi bilan shaxsan tanishishni intiqlik bilan kutayotganini ma’lum qildi.
– Sanae sobiq Bosh vazir, ajoyib inson Sinzo Abening yaqin hamkori, do‘sti sifatida biz bilan ham yaqin, – dedi AQSH rahbari. – Ishonchim komilki, u hukumat boshlig‘i lavozimida ham o‘zini yaxshi namoyon qiladi!
Ma’lumotga ko‘ra, Takaiti Tramp bilan Amerika mahsulotlari xaridi hajmini oshirish, kemasozlik bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashni rejalashtirgan. Kun tartibidan xavfsizlik masalasi ham o‘rin olgan.
Avvalroq yangi Bosh vazir mamlakatning Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr uchun eng kuchli mudofaa tizimini yaratish niyatini e’lon qilgan edi. Tokiodan Seulga o‘tadigan Tramp avvalroq, mabodo qiziqish bildirsa, Shimoliy Koreya rahbariyati bilan ham uchrashishga tayyorligini aytgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PCQ9eZLqr9s" title="AQSH Prezidenti Yaponiyada" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA