AQSH Eron bilan nizoda “MQ-9 Reaper” dronlarining qanchasidan ayrildi?
AQSH harbiy kuchlari Eron bilan to‘qnashuv davomida o‘z ixtiyoridagi “MQ-9 Reaper” dronlarining taxminan 25 foizidan ayrilgan. Bu haqda manbalarga tayanib “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, yo‘q qilingan, har biri taxminan 50 million dollarga teng 45 dron Hurmuz bo‘g‘ozi hududida Eron uchun oson nishonga aylangan. Bunday qurilma razvedka olib borish hamda aniq zarba berish maqsadida past va sekin uchadi. Aynan shu jihat dronlar yo‘q qilinishini osonlashtirgan. Shu tariqa umumiy zarar 1,3 milliard dollardan oshgan.
Yuzaga kelgan vaziyat asnosida Pentagon “MQ-9 Reaper” moslamalaridan foydalanishni bosqichma-bosqich kamaytirib, zaxirani to‘da bo‘lib hujum qilish hamda razvedka olib borish imkoniga ega arzonroq dronlar bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA