AQSH Davlat departamenti Armaniston – Ozarbayjon muloqotidan mamnun
Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida muzokara davom etayotganidan mamnunmiz, deyiladi AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller bayonotida.
“Trend” agentligi Departament saytiga tayanib yozishicha, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari hafta oxirida Kishinyovda yevropalik hamkorlar bilan uchrashadi.
Entoni Blinken ta’kidlaganidek, Janubiy Kavkazda tinchlikka erishish mumkin. Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarining Kishinyov uchrashuvi muammolarni hal qilish yo‘lida samarali qadam bo‘ladi.
Bayonotda keltirilishicha, “Agressiv ritorika faqat o‘tmishdagi zo‘ravonlikni davom ettirishi mumkin. Ham konstruktiv ham xususiy muloqot tinchlik, imkoniyat yaratadi, umid uyg‘otadi. Qo‘shma Shtatlar har ikki tomon mustahkam va munosib, uzoq muddatli tinchlik bitimiga erishishi uchun har qanday sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.