Angliya terma jamoasi lageri joylashgan joyda zilzila qayd etildi
Natijada Orlandodagi binolardan odamlar evakuatsiya qilindi.
Kuba qirgʻoqlarida yuz bergan 6,1 ballik kuchli zilzila asoratlari Floridagacha yetib keldi. Natijada Orlandodagi binolardan odamlar evakuatsiya qilindi. Tebranishlar “Disney World” va Angliya terma jamoasining Uest Palm Bichdagi mashgʻulot lagerida ham sezilgan.
Tomas Tuxel shogirdlari ayni paytda bu yerda Yangi Zelandiya va Kosta-Rikaga qarshi oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrmoqda. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, jabrlanganlar va vayronagarchiliklar yoʻq.
Mutaxassislar ushbu hududda 1880-yildan beri bunday kuchli silkinish kuzatilmaganini bildirishdi. Zilzila Meksikaning Kankun va Tulum kabi kurortlarida ham his etilgan.