Andijonda mehnat yarmarkasi
Andijon shahar hokimligi, prokuraturasi hamda bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.
Andijon shahar hokimligi, prokuraturasi hamda bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash, ayniqsa, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada joylarda, xususan, Andijon shahrida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida Andijon shahrida 4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Mehnat yarmarkasida shahardagi 44 korxona, tashkilot va muassasalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
– Mehnat yarmarkasida 600 nafardan ziyod fuqaro qatnashdi, – deydi shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi rahbari Ahmadullo Komilov. – Yangi tashkil etilgan va bo‘sh ish o‘rinlariga kollej bitiruvchilarini jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida tashkilotchilar va mutaxassislar tomonidan fuqarolar bilan mehnat qonunchiligi, ularning huquqiy bilimlarini oshirish borasida suhbatlar o‘tkazildi, zarur tavsiya va maslahatlar, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.