An’anaviy "Toshkent yozi" reyting turniri start oldi
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent yozi” reyting turniri start oldi.
Turnirda 130 nafardan oshiq shaxmatchi “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun dona surmoqda.
[gallery-3063]
1-turdan so‘ng, “A” guruhida 34 nafar shaxmatchi g‘oliblik nashidasini surdi. “B” guruhida esa 28 nafar ishtirokchi g‘alaba qozondi. Eng qizig‘i, ikkala guruhda ham bittadan uchrashuv durang natija bilan yakun topgan.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari 16 iyul kuni ma’lum bo‘ladi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA